12 mar 07:08
Yangiliklar

Bokschilarimiz Qozog'istonni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi
Osiyo/Okeaniya mintaqasi mamlakatlari bokschilari ishtirok etgan nufuzli musobaqa yakunida O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. CHarm qo'lqop ustalarimiz 3 ta oltin, 3 ta bronza medali bilan Osiyo/Okeaniya mintaqasida tengsiz bo'lishdi.
Qozog'iston 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Bitta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medaliga egalik qilgan Iordaniya terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
SHuningdek, Xitoy va Filippin terma jamoalari bokschilariga ham bittadan oltin medalni qo'lga kiritish nasib etdi. Avstraliya, Hindiston, Tailand, Vetnam va Mo'g'uliston terma jamoalari kamida bitta bronza medali bilan uyga qaytadigan bo'lishdi.
Fikrlar