07 apr 09:17
Yangiliklar

Bokschilarimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda 5 ta medalga sazovor bo'lishdi
Turnirda Rossiya, Kuba, Qozog'iston, Armaniston, SHveycariya, Hindiston, Filippin, Qirg'iziston, Gruziya, Ukraina, Belarus va O'zbekiston mamlakatlaridan 113 nafar bokschi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi.
Bugun musobaqada final janglari bo'lib o'tdi. Etiborlisi, -49 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan SHahzod Muzaffarov qozog'istonlik Muhammadsobir Bozorboyulini mag'lub etdi. -64 kg vaznli bokschimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev esa rossiyalik Ahmadshox Mahmadshoevdan ustun kelib, oltin medalga ega chiqdi. Kecha o'tkazilgan janglarda Xurshidbek Rasuljonov (-56 kg), Nurislom Ismoilov (-69 kg) va Suhrobjon Kayimov (-75 kg) bronza medaliga sazovor bo'lgandi.
Musobaqa yakunlariga ko'ra, terma jamoamiz umumjamoa hisobida Rossiyadan so'ng ikkinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikka Qozog'iston terma jamoasi yakun yasadi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar