04 may 16:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz "Sankt-Peterburg Gubernatori kubogi"da ishtirok etadilar
6-12 may kunlari Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahridagi "M-1 Arena"da boks bo'yicha X xalqaro "Sankt-Peterburg Gubernatori kubogi" bo'lib o'tadi.
Turnirda Evropa, Osiyo, Afrika va Amerika qitalarining 20 dan ziyod mamlakatidan bokschilar ishtirok etishadi.
Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. Terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-56 kg: Abdumalik Xalakov
-60 kg: Otabek Xolmatov
-64 kg: Zoir Jumanazarov
-69 kg: Iqboljon Xoldarov
-75 kg: Fanat Kahramonov
-81 kg: Kozimbek Mardonov
-91 kg: Madiyar Saidraximov
+91 kg: Obidjon Toxirov
Murabbiylar: Rahmatjon Ro'zioxunov, Abduvohid Jalolov, Davron Gafurov.
Hakam: Alisher Polvonov.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar