14 jan 10:43
Yangiliklar

Bokschilarimizning yangi mavsumdagi ilk yig'ini davom etmoqda
Terma jamoamizning birinchi, ikkinchi va uchinchi raqamli charm qo'lqop ustalari Toshkent viloyatidagi Yangiobod o'quv-mashg'ulot bazasida yig'inga kirishishgan. Bu joriy yil hisobidan ilk yig'in hisoblanadi.
Rio Olimpiadasida 7ta medalni qo'lga kiritgan bokschilarimizni 2017 yilgi sport mavsumida ham nufuzli musobaqalar kutib turibdi.
Jumladan, jahon chempionati Germaniyada, Osiyo chempionatida esa Indoneziyada o'tkaziladi. Bundan tashqari, charm qo'lqop ustalarimiz ko'plab xalqaro musobaqalarda ham yurtimiz sport sharafini himoya qilishadi.
SHuningdek, Butunjahon boks seriyasining navbatdagi mavsumida “O'zbek yo'lbarslari” (“Uzbek Tigers”) jamoasi ham ishtirok etadi. O'tgan yili jamoamiz debyut mavsumi bo'lishiga qaramay, yarim finalga qadar etib borgandi.
Fikrlar