14 jan 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimizning yangi mavsumdagi ilk yig'ini davom etmoqda
O'tgan mavsumni yuqori kayfiyatda o'tkazgan boks bo'yicha mamlakatimiz terma jamoasining mashg'uloti davom etmoqda.
Terma jamoamizning birinchi, ikkinchi va uchinchi raqamli charm qo'lqop ustalari Toshkent viloyatidagi Yangiobod o'quv-mashg'ulot bazasida yig'inga kirishishgan. Bu joriy yil hisobidan ilk yig'in hisoblanadi.
Bokschilarimizni 2018 yilda muhim musobaqalar kutib turibdi. Ular orasida eng muhimi Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlaridir. Bundan tashqari, charm qo'lqop ustalarimiz ko'plab xalqaro musobaqalarda ham yurtimiz sport sharafini himoya qilishadi.
SHuningdek, Butunjahon boks seriyasining navbatdagi mavsumida “O'zbek yo'lbarslari” (“Uzbek Tigers”) jamoasi ham ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar