So’nggi yangiliklar

12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0

19 iyu 16:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Bokschilarimizning Yangioboddagi yig'ini yakunlandi

Havaskor boks bo'yicha olimpiya terma jamoamiz Rio-2016 o'yinlari oldidan tashkil etilgan dastlabki yig'inini yakunladi.

5-18 iyun kunlari Toshkent viloyatining Yangiobod o'quv-mashg'ulot bazasidagi o'tkazilgan yig'inda 31-yozgi olimpiya o'yinlari yo'llanmasini  qo'lga kiritgan 10 nafar bokschimiz ishtirok etdi. Ikki haftalik mashg'ulotlarda odatdagidek umumjismoniy tayyorgarlikka etibor  qaratildi.

Bugundan Marat Qurbonov (shuningdek, murabbiylar Ravshan Xo'jaev, To'lqin Qilichev, Istam Kabinov) boshchiligidagi Hasanboy Do'smatov(49 kg), SHahobiddin Zoirov (52 kg), Murodjon Ahmadaliev (56 kg), Xurshid  Tojiboev (60 kg), Fazliddin G'oipnazarov (64 kg), SHahram G'iyosov (69 kg), Bektemir Meliqo'ziev (75 kg), Elshod Rasulov (81 kg), Rustam To'laganov (91 kg), Bahodir Jalolov (+ 91 kg) dan  iborat terma jamoamiz CHimyon dam olish bazasida jam  bo'lishgan.

Tog' yon bag'rida bokschilarimiz engil mashg'ulot bilan birga asosan tiklanish mashqlariga etibor qaratadilar. Bir hafta davomida jismoniy zo'riqishlardan holi bo'lgan olimpiyachilarimiz 27 iyun kuni o'z uylariga yo'l  olishadi.

Rio-2016 o'yinlari oldidan charm qo'lqop ustalarmizning ikkinchi bosqich yig'ini 1 iyul kuni yana Yangiobod bazasida boshlanadi. Ikki haftalik  yig'inda asosiy etibor sparing janglari, kuch, tezlik kabi sifatlarni rivojlantirishga qaratilishi kutilmoqda. Iyul oyining uchinchi haftasida esa terma jamoamizning so'nggi yig'ini olimpiya manzili Rio-de-Janeyro shahriga ko'chishi rejalashtirilgan.

Ulug'bek Hakimjonov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing