19 fev 08:31
Yangiliklar

Bokschimiz CHelyabinskda chempionlik jangida ringga chiqdi
Ushbu boks oqshomi doirasida o'zbekistonlik ikki bokschi ham o'z janglarini o'tkazdi. Ulardan biri Feruzbek Yo'ldoshev WBC Asian Boxing Council Silver chempionlik kamari uchun ringga ko'tarildi.
SHahrisabzlik 22 yashar Feruzbekning raqibi rossiyalik tajribali bokschi Rustam Nugaev bo'ldi. Ushbu bahs Yo'ldoshev uchun faoliyatidagi o'ninchi jang sifatida qayd etildi. Uning hisobida 8ta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor edi.
Kechagi jangdan so'ng mag'lubiyatlar soni 2taga etdi. O'n raundga mo'ljallangan jangda tajribali Nugaev sakkizinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Malumot uchun, 34 yoshli Nugaev profi ringda 37ta jang o'tkazib, shulardan 29tasida g'alabaga erishgan. Ettita jangda mag'lubiyatga uchragan, bir bor durang qayd etgan.
Fikrlar