17 mar 10:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov ham keyingi hafta jang o'tkazadi
Professional boksdagi faoliyatini 2015 yilda boshlagan 23 yoshli hamyurtimizning navbatdagi raqibi zimbabvelik bokschi bo'ladi.
25 mart kuni 12 raunddan iborat bo'lishi kutilayotgan jangda Qudratillo CHarlez Manyuichiga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, Qudratillo faoliyati davomida 10 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Ettita jangini nokaut bilan yakunlangan. Uning raqibi Manyuichi esa 23 ta jang o'tkazgan va ulardan 20 tasida zafar quchgan. Hisobida 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor.
Mazkur chempionlik jangi 25 mart kuni Singapurda bo'lib o'tadi. Bokschilar WBC Silver chempionlik kamari uchun ringga ko'tarilishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar