24 fev 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschimiz Ravshanbek Umurzoqov filippinlik raqibini nokautga uchratdi
Professional bokschimiz Ravshanbek Umurzoqov Ekaterinburgdagi jang oqshomida filippinlik Rimar Metudaga qarshi ringga ko'tarildi.
8 raundga mo'ljallangan jang to'rtinchi raunda kelib yakunlandi. Hamyurtimiz aynan 4-raundda raqibini nokautga uchratdi.
Malumot uchun, Umurzoqovning prof boksdagi janglari soni 7 taga etdi. U barcha janglarda g'alaba qozongan (6 ta nokaut). Metuda uchun esa ushbu jang 18-bo'ldi. U 12 marotaba g'alaba qozongan (7 ta nokaut). 5 marotaba mag'lubiyatga uchragan. Ravshanga qarshi jangda u professional boksdagi ilk nokautini qabul qilib oldi. Bir marotaba esa durangga erishgan.
JANG VIDEOSINI TOMOSHA QILISH
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar