16 iyu 21:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschimiz WBA Asia kamarini himoya qildi FOTOGALEREYA
Poytaxtimizda o'tkazilayotgan katta professional boks kechasi o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Hozirgina oqshom doirasidagi anderkad, yani markaziy jangdan avvalgi bahs yakunlandi. O'n raundga mo'ljallangan chempionlik jangi 69,8 kg vazn toifasida o'tkazildi.
Unda WBA Asia chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan Husniddin Po'latov (9-6-3-0) gruziyalik Badri Gogichashvili (19-8-9-2)ga qarshi ringga ko'tarildi va uchinchi raundning 59-soniyasida raqibini nokautga uchratdi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar