So’nggi yangiliklar

09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0

10 may 10:40
Yangiliklar

Boks/MMA, Tennis, Dzyudo, Taekvondo, Futbol, Karate

Bokuda IV “Islom birdamlik o'yinlari” start oldi

8-22 may kunlari Ozarbayjon poytaxtida IV "Islom birdamlik o'yinlari" musobaqasi bo'lib o'tadi.

8 may kuni O'zbekiston delegaciyasining dastlabki qismi Boku shahriga etib bordi. Musobaqa rasman 12 may sanasidan start olsada, sport o'yinlari bo'yicha bellashuvlar kechadan boshlab yuborildi. Hozircha Bokuga 44 nafar sportchilarimiz etib borgan.

Demak gandbol, boks, badiiy gimnastika va o'q otish bo'yicha terma jamoamiz azolari Bokudagi Sportchilar shaharchasiga joylashib bo'lishdi. Bu erda musobaqa ishtirokchilari uchun barcha sharoitlar muxayyo etilgan. Tibbiy xizmat va ovqatlanish shahobchalari 24 soat davomida uzluksiz ishlab turibdi.


Qolaversa bellashuvlardan bo'sh paytda sportchilarning madaniy hordiq chiqarishlari va vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun tashkiliy qo'mita tomonidan bir qator madaniy dasturlar ishlab chiqilgan. Bir so'z bilan aytganda musobaqani har jihatdan yuqori saviyada o'tkazish uchun katta hajmda ish olib borilgani ko'rinib turibdi.


Kecha kechqurun delegaciyamiz tarkibini jahon sport gimnastikasi afsonasi, sportning ushbu turi bo'yicha Olimpiya o'yinlarining yagona 7 karra ishtirokchisi Oksana CHusovitina to'ldirdi. Boku shahriga etib borilishi bilan O'zbekiston delegaciyasi rahbari o'rinbosarlari Nazirjon Xudaykulov va Xumoyun Ibragimovlar ishchi guruh azolari hamda murabbiylar shtabi bilan yig'ilish o'tkazishdi.


IV “Islom birdamlik o'yinlari”da 57 ta davlatdan 3500 dan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Eng katta delegaciyalar qatorida musobaqa mezboni Ozarbayjon, shuningdek, Turkiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalarini ko'rsatib o'tish mumkin.


O'zbekiston sharafini nufuzli musobaqada 103 nafar hamyurtlarimiz sportning 15 ta turida himoya qilishadi. Demak, sportchilarimiz boks, taekvondo, dzyudo, karate, o'q otish, gandbol, tennis, og'ir atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, engil atletika, para-dzyudo va para-atletika sport turlari bo'yicha o'tkaziladigan bellashuvlarda ishtirok etadilar. 


Vakillarimiz orasida birinchi bo'lib gandbolchi qizlarimiz musobaqadagi ishtiroklarini boshlab berishdi. Bugun Ismoiljon Ahmedov shogirdlari dastlabki uchrashuvni Turkiya terma jamoasiga qarshi o'tkazishdi. Takidlab o'tish lozimki, gandbol bo'yicha terma jamoamiz asosini 2016 yilda Slovakiya va Rossiyada bo'lib o'tgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan qizlarimiz tashkil etishgandi. Afsuski uchrashuvda turkiyalik gandbolchi qizlar tajriba bobida ustunlik qilishdi va bellashuvni o'z foydalariga hal qilishdi.


Delegaciyamizning asosiy qismi Bokuga 11 may kuni etib keladi. Sport kurashlari bo'yicha terma jamoamiz azolari esa Hindistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatidagi ishtiroklarini yakunlab 15 may kuni Ozarbayjon poytaxtida delegaciyamiz safini to'ldirishadi.


12 may kuni soat 21:00 da Bokudagi Olimpiya stadionida IV “Islom birdamlik o'yinlari”ning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. SHu kundan etiboran aksariyat sport turlari bo'yicha bahslar boshlab yuboriladi. Eslatib o'tamiz, musobaqa 22 mayga qadar davom etadi.




Reyting:    

Fikrlar

   
10 may 13:05:45
Sulaymon
Har bir o'yin haqida malumot berib turinglar soat nechada boshlanishini.Boqu chiroyli shahar ekan
   
10 may 12:18:40
Bek
Таркиб ҳақида маълумот бериб юборинглар илтимос.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing