03 may 15:09
Yangiliklar

Bokudagi xalqaro turnirda muvaffaqiyatli qatnashgan bokschilarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi FOTO
Unda ishtirok etgan 7 nafar bokschilarimiz (2003-2004 yillar o'rtasida) 5 ta oltin, 2 ta bronza medallariga sazovor bo'lgan holda, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritgandilar.
Bugun ana shu turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz azolari yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Sportchilarimizni kutib olish marosimida O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqa yakunlariga ko'ra o'zbekistonlik sovrindorlar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
Oltin:
-48 kg: Asrorbek SHahobiddinov
-52 kg: Jahonmurod Imomaliev
-60 kg: Bekzod Bekmurodov
-70 kg: Login Petrov
+80 kg: Jahongir Zokirov
Bronza:
-46 kg: Bekzod Xoldorov
-57 kg: Lazizbek Fattoev
Murabbiylar: L.Zokirov, I.Berdiev
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar