So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

15 mar 21:58
Yangiliklar

Bolalar sporti

Bo'lajak chempionlar tarbiyalanayotgan maskan - Piskent

Teglar :  Piskent
Piskent tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktabi jamoasi ham o'z oldilariga ulug'vor maqsadlarni qo'yishgan.

Sportning futbol, qo'l to'pi, yunon-rum kurashi, erkin kurash, voleybol, boks, stol tennisi, belbog'li kurash, shaxmat, taekvondo (ITF) turlari mavjud bo'lgan ushbu BO'SMda hozirda 880 nafar o'g'il-qizlar mashg'ulotlarga zo'r berishgan. Tuman markazida joylashagan BO'SMning sport majmuasida etarlicha shart-sharoitlar muhayyo qilingan. SHinam va ko'rkam sport majmuada bir paytning o'zida bir nechta sport turlari bilan shug'ullanish imkoniyati yaratilgan. Belbog'li kurash, taekvondo, erkin kurash, qo'l to'pi kabi sport turlari bilan oshno bo'lgan o'quvchilar  mamlakat miqyosida o'tadigan musobaqalarda etakchilar qatorida bo'layotgani murabbiylarning jonkuyarligida, o'z ustida ishlashi, izlanishlarida, deyish mumkin.

BO'SM direktori Muxtorxo'ja G'ulomovning takidlashicha, jamoaviy sport turlariga ham alohida etibor qaratilmoqda. Qo'l to'pi bilan shug'ullanayotgan o'quvchilar o'tgan yili oliy liga bahslarida ishtirok etib, to'rtinchi o'rinni band etgani mutaxassislaring qiziqishiga, etirofiga sazovor bo'lgan. Joriy yilda esa, qo'l to'pi jamoasi yanada yuqori natijalarni ko'zlagan holda mashg'ulotlarga astoydil kirishgan.

Piskent tuman jismoniy tabiya va sport bo'limi boshlig'i M.Axrorovning bizga bergan malumotlariga ko'ra esa, sport maktabida, maktabgacha talim muassasalarida, umumiy o'rta talim maktablarida, kollejlarda ertalabki badantarbiya mashqlarining bajarilishi muntazam yo'lga qo'yilgan. Demakki, ertalabki badantarbiyani, gimnastikani odat tusiga aylantirayotgan ekan, uning inson salomatligiga naqadar ijobiy tasir ko'rsatishini tongda turib yugurayotgan yoki egilib mashq bajarayotgan, yuz-ko'zida nurofshonlik ko'rinayotgan odamdan so'rang.

Ilhom RAHMONOV



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing