So’nggi yangiliklar

18:40Жо Роган: "Ислам Махачев шу якшанба куни фаолиятини якунлаши мумкин" 0 18:16Чирчиқ спорт мактаби боксчилари Ўзбекстон кубогида иккита медаль қўлга киритишди 0 17:45"Барселона" Родри трансфери бўйича "Манчестер Сити"га янги таклиф юборди 0 17:14UFC янги мега тадбирга тайёргарлик кўрмоқда 0 16:43President's Cup. Саккизинчи ракеткани мағлуб этган Султонов 1/4 финалга чиқди 0 16:12Махачев Илия Топуриянинг қайтишига ишонмоқда 0 15:48"Галатасарой" Бразилия терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзоламоқчи 0 15:16Собиқ UFC чемпиони Дэйвесон Фигередуга жанг тайинланди 0 14:51Дана Уайт саралаш шоусининг 10-мавсуми бошланди: тўрт жангчи UFC`дан шартнома олди 0 14:20Теремоана: "Ўзбекистонлик Олимпиада чемпиони мендан мушукдек қочиб юрган" 0 13:42"Барселона" футболчиси хочсимон боғламacи узилгани сабабли ярим йилга сафдан чиқди 0 13:17Йен Мачадо Гэрри: "Махачевнинг рақиблари меникичалик хавфли бўлмаган" 0 12:45President's Cup. Сергей Фомин ғалаба билан бошлади 0 12:12Дана Уайт UFC жангчисининг фожиали вафоти ҳақида илк бор фикр билдирди 0 11:46Гвардиола Моуриньо ҳақидаги сериалда ягона шарти бажарилмагани учун суратга тушмади 0

23 dek 14:08
Yangiliklar

Bolalar sporti

Bolalar sporti. Maqsad va marra sari intilayotgan qamashilik yoshlar

Bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, ayniqsa, bolalar sportini rovojlantirish orqali yoshlarning o'zlari qiziqqan sport turlari bilan muntazam shug'ullanishlari uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda.

Bunday yuksak etibordan unumli foydalangan sportchi-o'quvchilar bor mahoratlarini ishga solib, maqsadlari sari dadil qadam tashlashmoqda. Qashqadaryo viloyat sport boshqarmasi tasarrufidagi Qamashi tuman 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabida ham sport mashg'ulotlariga qatnayotgan bolalarning yuz-ko'zlarida yaratilgan imkoniyatlardan, bugunidan shodumonlikni anglab olish qiyin emas.

Tajribali mutaxassis G'anisher Ergashev rahbarlik qilayotgan mazkur sport maktabida ayni paytda 1000 nafarga yaqin o'g'il-qizlar sportning futbol, boks, voleybol, qo'l to'pi, stol tennisi, taekvondo WT, dzyudo, og'ir atletika, kurash, O'zbek jang sanati, para futbol, para pauerlifting, para engil atletika turlari bo'yicha 24 nafar malakali murabbiylar qo'l ostida muntazam mashg'ulotlarga kirishgan.   

Sport maktabi tarbiyalanuvchilari orasida o'tkazilayotgan turli musobaqalarda g'olib va sovrindor bo'lib, etirofga sazovor bo'layotganlari talaygina. Xususan, og'ir atletika, engil atletika, O'zbek jang sanati, stol tennisi, gandbol, futbol, taekvondo singari sport turlari bilan shug'ullanayotgan yoshlar viloyat va respublika miqyosidagi bellashuvlarda sovrinli o'rinlar bilan qaytishmoqda.

Ayniqsa, engil atletika bo'yicha malakali trener SHaxnoza Nomozova shogirdlarining qo'lga kiritayotgan natijalari etirofga sazovor deyish mumkin. Misol uchun, 2024 yilda Nukus shahrida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida sport maktabi engil atletkachilari ham ishtirok etib, bir nechta sovrinli o'rinlarga egalik qilishgan.

Joriy yilgi Respublika chempionatlarida Bexruz Xudoynazarov, Jonibek Samadov, Muhammadali Jobborov, Davlatbek Samadov, Ozodbek Abdixomidov kabi sportchilar engil atletikaning turli yo'nalishlaridan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo'lishib, sport maktabining faxriga aylanishdi.

- Sportning engil atletika turini aholi orasida, jumladan, yoshlar orasida ommaviyligini taminlash, iqtidorli o'g'il-qizlarni kashf etib, katta sport sari etaklash bosh vazifalarimizdan sanaladi, - deydi Qamashi tuman 1-sonli sport maktabining engil atletika bo'yicha murabbiy SHaxnoza Nomozova. - Yaratilgan bunday keng imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda, mavjud sport turlaridan istedodli bolalar qobiliyatini shakllantirib, terma jamoalar tarkibiga munosib nomzodlar tayyorlash qolaversa, 2026 yilda sovrinli natijalarimizni yanada ko'paytirishni  maqsad qilganmiz.

Demak, joriy yilgi yutuqlar soni keyingi yilda yanayam ko'pyadi boisi, shu maskanda mehnat qilayotgan ustozlar va sportga oshno bolalar uchun bu kabi etibor-etirof ularni maqsad va marra sari etaklaveradi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing