21 fev 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Bolgariyadagi musobaqada qatnashgan bokschilarimiz Toshkent aeroportida kutib olindi FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Bolgariyaning Sofiya shahrida o'tkazilgan "Strandja" xalqaro turnirida qatnashishdi.
Bokschilarimiz musobaqada 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdilar. CHarm qo'lqop ustalarimizdan Mirazizbek Mirzahalilov va Bobousmon Baturov oltin, Abdulhay SHorahmatov va Xudoynazar Fayzov kumush, SHunqor Abdurasulov esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Bugun musobaqada qatnashgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar