13 apr 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Bosh murabbiy nima uchun Latipov va Noraliev tarkibga jalb qilinmaganini aytdi
Yana bir necha kundan so'ng Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionati boshlanadi.
Kecha O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoa murabbiylari, federaciya mutasaddilari bir qancha savollarga javob qaytarishdi.
Terma jamoamiz bosh murabbiyi Marat Qurbonov musobaqaga nima uchun Jasurbek Latipov va Aliyor Noraliev kabi etakchilarimiz olib ketilmayotganiga izoh berdi.
"Jasurbek Latipovning jarohat olgani uchun uning o'rniga Nodir Mirzaahmedov Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Aliyor Noraliev Bokudagi musobaqada jarohat olgani uchun SHunqor Abdurasulov -64 kg vazn toifasiga ko'tardik. -60 kg vazn toifasida esa SHukurjon Rahimov Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladi", - dedi Marat Qurbonov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar