25 sen 15:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Boshqa ism-sharif bilan ringga chiqib kelgan bokschi jangdan so'ng vafot etdi
Albaniyaning SHkodere shahrida navbatdagi boks kechasi bo'lib o'tdi.
Ushbu professional boks oqshomi fojea bilan yakunlandi. Ardit Murja bolgariyalik Isus Velichkovga qarshi ringga ko'tarildi. Jangning birinchi raundidayoq Isus nokautga uchradi. O'tkazib yuborilgan zarbadan so'ng bokschi qaytib o'rnidan turmadi va vafot etdi.
Keyinchalik malum bo'lishicha, Isus Velichkov vafot etmagan ekan, vafot etgan bokschi esa uning amakivachchasi Boris Stanchev bo'lib chiqdi. Yani, u ism-sharifini o'zgartirgan holda janglarda ishtirok etib kelgan.
Havola :
Manba : sportarena.com
Fikrlar