27 iyu 17:31
Yangiliklar
Engil atletika
Anvar Anvarovdan navbatdagi rekord
Xorvatiyaning Zagreb shahrida engil atletika bo'yicha nufuzli "Boris Hanzekovich Memorial" turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan Anvar Anvarov uzunlikka sakrash bahslarida 8.29 metr natija qayd etib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Ushbu natija orqali yangi O'zbekiston rekordi ham o'rnatildi.
Eslatib o'tamiz Anvarovning o'zi 2025 yil 12 iyulda Finlyandiyadagi musobaqada 8.25 metr natija ko'rsatib, mamlakatimiz rekordini o'rnatgan edi.
Boris Hanzekovich Memorial. Top-3:
1. Anvar Anvarov — 8.29 m
2. Luka Bojich (Serbiya) — 8.23 m
3. Tajay Geyl (Yamayka) — 8.18 m
Malumot uchun, World Athletics Continental Tour Gold darajasidagi turnirlar jahon engil atletikasidagi eng nufuzli musobaqalardan biri hisoblanadi. Unda dunyoning eng kuchli sportchilari o'zaro kuch sinashadi.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar