29 okt 09:16
Yangiliklar
Boynazarov raqibini nokautga uchratib, “GLORY47” finaliga chiqdi
Uzoq kutilgan superjang kecha oqshom Franciyaning Lion shahrida bo'lib o'tdi. To'qnashuv “Glory47” turniri doirasida kikboksing yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladi.
Jang muddatidan avval yakunlandi. Ikkinchi raundda Boynazarov raqibini to'g'ridan qo'lda bergan kuchli va aniq zarbasi evaziga chuqur nokautga uchratdi. Pinkani shifokorlar yordamida ringdan olib chiqib ketishdi. Bu g'alabasi evaziga hamyurtimiz turnirning finaliga yo'l oldi.
Malumot uchun, agar aralash qoidalar janglarida UFC eng nufuzli liga bo'lsa, Glory muaytay va kikbokchilar uchun eng yuqori divizion hisoblanadi. Ushbu tashkilot turnirlarida K1ning boshqa ligalariga qaraganda sezilarli darajada ko'proq gonorar to'lanadi.
Fikrlar