So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

01 iyu 16:44
Yangiliklar

Kurash

Boyovutda belida belbog'i bor kuchli polvonlar aniqlandi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.

Bolalar-o'smirlar sport maktabida o'tgan musobaqada 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar gilamga chiqishdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidan o'rin olgan mazkur kubok bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 250 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etishdi. 

Musobaqada o'g'il bolalar erkin va klassik yo'nalishlarda 11 vazn, qizlar erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida g'olib uchun bahs olib borishdi. Ikki kun davom etgan murosasiz bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra quyidagi polvonlar shoxsupaning eng yuqori pog'onasidan joy olishdi.  

O'g'il bolalar (klassik yo'nalish): 

27 kg. Axrorbek G'ofirjonov (Namangan)

30 kg. Nasibjon Tursunov (Andijon)

33 kg. Habibjon Abdurashidov (Sirdaryo)

36 kg. Muhammadyusuf Muhammadullaev (Andijon)

40 kg. Asilbek Tojiboev (Sirdaryo)

44 kg. Hasanboy Adhamjonov (Andijon)

48 kg. Asadbek Mamajonov (Andijon)

52 kg. Sardor Jumaboev (Toshkent v.)

55 kg. Ziyodulla Valijonov (Toshkent)

60 kg. Ilyosbek Sotiboldiev (Farg'ona)

+60 kg. Jahongir Jumaboev (Toshkent)

Qizlar (erkin yo'nalish)

33 kg. Arofatxon Muhammadova (Andijon)

36 kg. Moldir Alimboeva (QQR)

40 kg. Moxiraxon Qaxxarova (Andijon)

44 kg. Gulzaxira Sarsenbaeva (QQR)

48 kg. O'g'iloy Kamoliddinova (Andijon)

52 kg. Sevara Sajinova (QQR)

+52 kg. Marjona Ko'chimova (Qashqadaryo)

O'g'il bolalar (erkin yo'nalish)

27 kg. Firdavs Abdullaev (Toshkent v)

30 kg. Ozodbek Ahmadjonov (Namangan)

33 kg. SHerali G'ulomjonov (Toshkent v)

36 kg. Samandar Soliev ( Farg'ona)

40 kg. Diyorbek Isroilov (Buxoro)

44 kg. Paluaniyaz Davletyarov (QQR)

48 kg. Davlatbek Suyumov (Namangan)

52 kg. Fayozbek Sotiboldiev (Farg'ona)

55 kg. Atabek Jumaboev QQR)

60 kg. Oybek Yusufboev (Namangan)

+60 kg, Xumoyun Kamolov (QQR)

Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Javlon MIRJUMAEV, Guliston ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatining belbog'li kurash bo'yicha bosh murabbiyi:

- G'oliblikka davogar bo'lgan yosh polvonlarning ko'pligi, musobaqaning qiziqarli va murosasiz o'tishini taminlab turdi. SHogirdlarimizning medallar shodasiga ega bo'lganidan xursandmiz. Fursatdan foydalanib, musobaqada homiylik qilgan, qulay shart-sharoitlar yaratib bergani uchun Boyovut tuman hokimligiga, Yoshlar Ittifoqining tuman bo'limiga, O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasi va masul tashkilotlarga polvonlar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing