So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

29 iyu 12:22
Yangiliklar

Kurash

Boyovutda O'zbekiston kubogi start oldi

Bugun Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi Bolalar va o'smirlar sport maktabida milliy belbog'li kurash bo'yicha 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogiga start berildi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur kubok bellashuvlarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 250 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etishmoqda. 

Mazkur kubok bahslarida o'g'il bolalar erkin va klassik yo'nalishlarda o'n bir vazn toifasida bellashishayotgan bo'lishsa, qizlar erkin yo'nalishda ettita vazn toifasida o'zaro kuch sinashishmoqda. Musobaqa doirasida shuningdek, tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. 

Marosimda so'z olgan Boyovut tumani hokimi o'rinbosari Rustam Do'stmurodov, O'zbekiston  milliy belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Sirdaryo viloyat belbog'li kurash bosh murabbiyi Husniddin Berdibekovlar bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, bolalar sportiga qaratilayotgan yuksak etibor tufayli ommaviylik oshayotgani, sog'lom turmush tarzi keng targ'ib qilinayotgani xususida takidlab, sportchilarga omad tilashdi. 

Badiiy va sport jamoalarining ko'rgazmali chiqishlari marosimga yanayam o'zgacha zavq bag'ishladi. SHundan so'ng musoboqaga start berildi. Bellashuvular 1 iyulga qadar davom etadi.

Toshkentboy YAXSHIBOEV, O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasi hakamlar hayati raisi: 

- Musobaqa ko'taringki ruhda, murosasiz va qiziqarli tusda o'tmoqda. Ishtirokchi bolalarning shiddat bilan kurash tushishi g'oliblikka ishtiyoqi yuqori ekanligadan darak berib turibdi.  Musobaqani tajribali hakamlarimiz tomonidan boshqarilayotgani esa, bellashuv etirozlarsiz va murosasiz o'tishini taminlamoqda. Mazkur musobaqada isteodli o'g'il-qizlar ko'pchilikni tashkil etayotgani ham terma jamoalarimizga munosib izdoshlar etishib chiqayotganidan, milliy belbog'li kurash yanayam rivojlanayotganidan dalolat.

Ilhom RAHMONOV Boyovut tumanidan tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing