06 jan 20:33
Yangiliklar
Braziliya terma jamoasi ustozi ishdan bo'shatildi
Bunday qarorni Braziliya Futbol Konfederaciyasi rahbari Ednaldo Rodriges qabul qildi.
Eslatib o'tamiz, Diniz 2023 yilning yozida jamoani qabul qilib olgan va Braziliya terma jamoasini 2026 yilgi Jahon chempionati saralashida atigi 6 o'yinda boshqargan, unda Boliviya va Peru ustidan g'alaba qozongan, Venesuela bilan durang o'ynagan, shuningdek, Urugvay, Kolumbiya va Argentinadan mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Fernando Diniz 2024 yilning yozida Karlo Anchelotti tayinlanguniga qadar Selesao murabbiyi bo'lishi taxmin qilingandi, biroq italiyalik mutaxassis "Real"da qolishga qaror qildi va madridliklar bilan yangi shartnoma imzoladi.
Braziliya terma jamoasi murabbiyligiga asosiy nomzod hozirda "San-Paulu"ni boshqarayotgan Dorival Junior hisoblanadi.
Fikrlar