23 mar 19:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Braziliyada aralash qoidalar chempionini o'ldirib ketishdi
Braziliyalik aralash qoidalar jangchisi Glian Alvesh jonsiz holatda topilgan.
Globo Esporte xabariga ko'ra, 26 yoshli Alvesh ko'cha bezorilari tomonidan uzilgan to'pponcha o'qiga nishon bo'lgan. Mudhish voqea Juis-Fore shahrida bo'lib o'tgan.
Glianni shifoxonaga olib borishga ulgurishgan. Ammo, u jarohat jiddiy bo'lgani uchun shifokorlar sportchining hayotini saqlab qolisholmagan. Ayni paytda policiya ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochgan. Alveshning o'limiga ikki kishi sabab bo'lgani aytilmoqda.
Malumot uchun, Glian Alvesh Braziliyaning Shooto! Brazil promoushenida o'z janglarini o'tkazib kelgan. U engil vazn toifasida tashkilot chempioni hisoblanardi. Hisobida 13 g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor edi.
Havola :
Fikrlar