14 may 23:37
Yangiliklar
Breaking. Tokio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov MMAga qaytmoqda, uning ilk jang sanasi ham malum
Erkin kurash sport turi bo'yicha 74 kg vazn toifasida Tokio-2020 Olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritgan o'zbekistonlik Bekzod Abdurahmonov MMAga qaytmoqda, deya xabar bermoqda MMAJunkie nashri.
Malumot uchun, Abdurahmonov 2012-2017 yillar davomida aralash jang sanatlari bilan shug'ullangan, hamyurtimiz mazkur sport turida ettita prof jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozonganini ham takidlash lozim. Eng qizig'i, Bekzod ettita jangining oltitasida muddatidan avval g'oliblikni qo'lga kiritgan.
Bekzod Abdurahmonovning uzoq tanaffusdan keyingi ilk jangi 17 iyun kuni Amerika Qo'shma SHtatlarining Massachusetts shtatida tashkil etilayotgan Combat FC 4 turniri doirasida bo'lib o'tishi kutilmoqda. Unga o'sha kuni braziliyalik Derik de Freytes (2-5) raqiblik qiladi. Jang yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Bekzod Abdurahmonov erkish kurash bo'yicha jahon chempionati ikki karra bronza medali sohibi, ikki karra Osiyo chempioni hamda ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibidir. Hamyurtimiz ayni damda AQSHdagi Harvard universitetida ham faoliyat yuritadi.
Fikrlar