15 apr 18:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Brendon Rios 29 aprel kuni Meksikada jang o'tkazadi
Professional boksning engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Brendon Rios yana katta boksga qaytmoqda.
Amerikalik 30 yoshli bokschi so'nggi bor 2015 yilning noyabr oyida ringga ko'tarilgan va o'shanda Timoti Bredliga imkoniyatni boy bergan edi.
Jang 29 aprel kuni Meksikada o'tkaziladi. SHu kunlarda Riosning raqibi malum qilinadi. Brendon Robert Garsiya bilan hamkorlikni to'xtatib, Rikki Funesa murabbiyligida mashg'ulot o'tkazyapti.

Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar