16 iyu 07:49
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/71985_220.jpg)
Briedis nokaut evaziga WBO kamari hamda WBSS final chiptasiga ega chiqdi
Xabar berganimizdek, Latviya poytaxti Riga shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Butunjahon boks superseriyasi (WBSS)ning ikkinchi yarim final jangida latiyalik 34 yoshli Mayris Briedis polshalik 32 yoshli Kshishtof Glovackiyga qarshi ringga ko'tarildi.
Jangning uchinchi raundida mezbon bokschi raqibini nokautga uchratdi va WBSS turnirining finaliga yo'l oldi. Mayris shuningdek, polshalik bokschiga tegishli bo'lgan WBO chempionlik kamarini ham qo'lga kiritdi. Endi u finalda IBF chempioni kubalik Yuner Dortikosga qarshi rinnga chiqadi.
Havola :
Fikrlar