08 fev 10:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Briedis va Glovackiy Rigada ringga chiqadi
Butunjahon boks superseriya (WBSS) yarim finalidan o'rin olgan jang Latviya poytaxti Riga shahrida o'tkazilishi tasdiqlandi.
Yarim finalda birinchi og'ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni latviyalik Mayris Briedis ushbu vaznnning WBO yo'nalishi sobiq chempioni Kshishtof Glovackiyga qarshi ringga ko'tariladi.
Mazkur jang 15 iyun kuni Riga shahrida bo'lib o'tadi. Bu malumotni WBSS tashkilotchilari rasman tasdiqlashdi. Birinchi yarim o'rta vazn toifasining yarim finalida esa Ivan Baranchik hamda Josh Teylor o'zaro to'qnash kelishadi.
Havola :
Fikrlar