07 jan 13:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Briggs va Okendo kamar uchun jang qilishadi, g'olib Ustinov bilan uchrashadi
Butunjahon boks associaciyasi (WBA) superog'ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun o'tkaziladigan jangni rasman tasdiqladi.
Unga ko'ra WBA (Regular) chempionlik kamari uchun sobiq jahon chempioni SHennon Brigs hamda 43 yoshli Fres Okendo o'zaro jang o'tkazishadi. Brigs WBA reytingida 4, Okendo esa 5-o'rinni egallab turibdi.
WBA tashkiloti har ikki tomon uchun 30 kun muhlat berdi. Agar belgilangan muddat ichida bokschilarning jamoalari o'zaro jang muddati va shartlari yuzasidan kelisha olishmasa, promouterlar o'rtasida erkin savdo o'tkaziladi.
Ushbu jangda g'olib chiqqan bokschi keyinchalik ilk himoya jangini Aleksandr Ustinovga qarshi o'tkazishi shart bo'ladi. Bu tashkilot tomonidan majburiyat sifatida tasliqlandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar