So’nggi yangiliklar

13:40Жина Карано мағлубиятини илк бор таҳлил қилиб берди 0 13:19Эдил Эсенгулов: "Хотамбек билан Маҳмуд Мурадовни бир кечада "синдираман" (ВИДЕО) 0 12:58Жейдон Санчо илгари ҳеч кимга насиб этмаган ноёб Еврокубок рекордини ўрнатди 0 12:37Нонито Донэр Наоя Иноуэни мағлуб эта оладиган боксчини айтди 0 12:16Бобир Тагиевнинг Mangu Лигасидаги дебют жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 11:55Спорт курашлари бўйича терма жамоаларимиз Вьетнамга йўл олди. Таркибда Айтжан Халмаханов, Лайлохон Собирова ҳам бор 0 11:34Роналду "Ал Насср" чемпионликни қўлга киритиши мумкин бўлган ўйин олдидан пост қолдирди 0 11:13Жароҳат панд берди — Тимофеева "Ролан Гаррос"даги юришини аламли тарзда тўхтатди 0 10:52Эдди Хирн Мозес Итауманинг навбатдаги рақибини эълон қилди 0 10:31Ислам билан жангга ишора қилган Камару Усман бугунги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 10:10Салоҳ, Мармуш, "Барса"даги Карим, Трезеге – Миср терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун қайдномасида 0 09:49"Ролан Гаррос". Полина Кудерметова cаралашнинг финалига чиқди 0 09:28Chess Classic Romania 2026. Синдаров Каруана билан ўйнади. Бугун пешқадамга қарши чемпионлик йўлидаги сўнгги имконият 0 09:07MMA MVP турнири Роузи ва Карано сабаб АҚШ рекордини янгилади 0 08:46Эмери Еврокубок финалларидаги ғалабалар бўйича Анчелотти, Моуринью ва Трапаттони рекордини такрорлади 0

24 iyu 16:30
Yangiliklar

Kurash

BRIKS o'yinlarida eng ko'p medalga ega bo'lgan belbog'li kurashchilarimiz jahon chempionatida ham 14 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO

Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilgan BRIKS o'yinlari belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi uchun ham muvaffaqiyatli yakunlandi.

21 iyun kuni o'tkazilgan koresh bahslarida belbog'li kurashchilarimiz 2 ta kumush, 6 ta bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, 22 iyun kungi belbog'li kurash bellashuvlarida 7 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqib, sport turlari orasida eng ko'p 29 ta medallar jamg'arishga muvaffaq bo'lishdi. 

Etiborli jihati, belbog'li kurash musobaqasida to'liq tarkib, yani 20 nafar polvonimiz ishtirok etdi va barchasi medallarga erishib, umumjamoa hisobida Rossiya terma jamoasidan keyin ikkinchi o'rinni band etdi.

Kecha, 23 iyun kuni shuningdek, Qozon shahrida tatar koreshi bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati o'tkazildi. Ushbu dunyo birinchiligida 31 davlatdan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi va belbog'li kurashchilarimizning mazkur xalqaro musobaqadagi  natijalari ham tahsinga sazovor bo'ldi. 

Quyida koresh bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etgan terma jamoamizning natijalariga etibor qaratamiz. 

Oltin medal sohibi:

Husniddin Ro'ziev - 85 kg


Kumush medal sohiblari: 

Nodir Abdumalikov - 60 

Oybek Sultonov - 70

Ilhom Mashrabov - 80 kg

Jasurbek Isroilov - 90 kg

Nodirbek Ahatjonov - 100 kg

Ilyosbek Mirzahmedov - 130 kg

Hislat Pirmatov - +130 kg


Bronza medal sohiblari:

Jamoliddin Nematullaev - 60 kg

Mardonbek Kimsanboev - 65 kg

Azizjon Azimjonov - 70 kg

Nusrat Sultonboev - 85 kg

Bekzodbek Kamoliddinov - 90 kg

Azamjon Anvarjonov - +130 kg.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing