12 jan 12:34
Yangiliklar
Brisbane International. Medvedev faoliyatidagi 22-sovrinni qo'lga kiritdi
Daniil Medvedev hal qiluvchi final bahsida ATP reytingida 33-pog'onadan joy olgan amerikalik Brendon Nakashimani ikki set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 7/6(1). Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. To'qson olti daqiqa davom etgan final bahsida Medvedev 10, Nakashima 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Brisbendagi kubok Daniil uchun faoliyatidagi 22-sovrin bo'ldi. Bu 22 ta chempionlik dunyoning turli shaharlari va turnirlarida qo'lga kiritilgan. Yani, Medvedev hech bir turnirda ikki marotaba chempion bo'lmagan. 20 ta chempionlikka xard qoplamali kortlarda erishilgan. U bir haftalik mehnatidan 250 reyting ochkosi va 114 060 $ mukofot puli ishlab oldi. Nakashima esa 165 ochko va 66 555 dollarga ega chiqdi.

Fikrlar