08 mar 15:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Britaniyadagilar Fyurini mayda ringga qaytishiga yo'l qo'ymaydilar
Og'ir vaznda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri may oyida ringga qayta olmaydi.
Bu haqida Britaniya boks ittifoqi nazorati bosh kotibi Robert Smit aytib o'tdi.
"Tayson Fyuri chetlatilgan va mayda ringga qayta olmaydi. U ringga qaytishdan oldin muammolarini xal qilib olishi lozim. Taysonda doping va sog'lig'i bilan bog'liq muammolar bor. SHuning uchun ham u chetlatilgan. Diskvalifikaciyadan so'ng u bizga murojaat qilgani yo'q. Ringga qaytish uchun esa biz bilan gaplashish lozim", - deydi u.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar