27 dek 14:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Broner - Granados jangi 18 fevralga ko'chirildi
Professional boksning 4ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik 27 yoshli Edrien Broner (32-2, 24KO) navbatdagi jangini 18 fevral kuni o'tkazadi.
Bronerning raqibi meksikalik 27 yoshli Adrian Granados (18-4-2, 12KO) bo'ladi. Aslida ushbu jang 11 fevral kuni o'tkazilishi kerak edi.
Edrien Broner so'nggi bor aprel oyida ringga ko'tarilgandi. O'shanda u Mayweather Promotions klubi bokschisi Eshli Teofeynni mag'lubiyatga uchratgandi.
Granados esa 2015 yilning noyabrida kichik shov-shuv ko'tarishga muvaffaq bo'lgandi. Adrian amerikalik istedodli bokschi Amir Imomni nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar