11 iyu 12:09
Yangiliklar
Tennis

Bu dahshat. "Rolan Garros" chempioni Karlos Alkarasning mukofot pulidan qancha soliq to'lashi malum
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaras yakshanba kuni Parij shahrida yakuniga etgan "Rolan Garros" turniri chempioniga aylangandi.
Ispaniyalik tennischi ikki haftalik mehnatidan 2 million 550 ming evro mukofot puli ishlab oldi. Ispaniya va Franciyada daromad solig'i juda katta hisoblanadi.
El Economista nashrining xabar berishicha, Karlos umumiy miqdorida 1 million 40 ming 936 evro soliq to'laydi. Bu u qo'lga kiritgan umumiy mukofot pulining 40,8 foizini tashkil etadi.
Alkarasning Franciyaga tashlab ketadigan solig'i umumiy mukofot jamg'armasining 15 foizidan iborat. Bu 382 500 evro degani, soliqning qolgan qismi esa Ispaniya g'aznasiga borib tushadi. Ispaniya solig'i Franciyanikidan birmuncha ko'proq hisoblanadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar