11 okt 19:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Bu fakt: Azamat Nuftillaev Dana Uayt davogarlar seriyasida (DWCS) jang qilgan ikkinchi o'zbekistonlikka aylanadi
Bizning vaqt bilan 15 oktyabr kuni tongda AQSHning Las-Vegas shahridagi UFC Apex majmuasida MMA bo'yicha Dana Uayt davogarlar seriyasi turnirining navbatdagi hafta janglari tashkil etiladi.
Avval xabar berganimizdek, musobaqa doirasida o'zbekistonlik og'ir vaznli aralash yakka kurash ustasi Azamat Nuftillaev ham oktagonga ko'tariladi. Hamyurtimizga UFC shartnomasi yo'lida Serbiya vakili Yovan Leka raqiblik qiladi.
Azamat ayni damda AQSHga etib borib, mazkur jang uchun so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda.
Qizig'i, Nuftillaev bu jang orqali Dana Uayt davogarlar seriyasida qatnashgan ikkinchi o'zbekistonlik MMA jangchisiga aylanadi. Bundan avval, 36 yoshli yurtdoshimiz Anvar Boynazarov 2022 yil avgust oyidagi DWCS turnirida venesuelalik Erik Silva bilan to'qnash kelib, imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar