23 sen 10:23
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu nima edi?" – Oskar de la Xoyya Kaneloni tanqid qildi
Olti vazn toifasida sobiq jahon chempioni va hozirda promouter hisoblanuvchi amerikalik Oskar de la Xoyya Terens Kroufordning meksikalik Saul Kanelo Alvaresga qarshi jangdagi g'alabasi haqida fikr bildirdi.
"Xudo haqqi, aytmaslikka qiynalyapman, lekin men sizlarga aytgandim. Kanelo – Krouford jangi haqida bashoratchidek gapirgandim. Kaneloning oyoqlari kanvasga yopishib qolgandek edi, u havoga zarbalar berdi. Bu nima edi, jin ursin?!
Kroufordga hurmat. Uch vazn toifasiga yuqorilab, ajoyib jang o'tkazdi. Qanday alo darajadagi chiqish! Xuddi boladan konfet olib qo'ygandek bo'ldi. U Kanelo bilan o'ynadi, uni masxara qildi.
Va Kanelo qarib qolgani haqida bahona topishdan oldin, eslang: Krouford undan ham kattaroq yoshda. Bu bahona emas", — deb yozdi de la Xoyya ijtimoiy tarmoqlarda.
Havola :
Manba : Boxing 247
Fikrlar