21 may 19:58
Yangiliklar
Bu qiziq. "Siti" darvozaboni besh yilda ikkita o'yinda maydonga tushdi, lekin klub uni qo'yib yubormaydi
Karson oxirgi BESH mavsumda atigi ikkita o'yinda maydonga tushdi xolos. Nima uchun "Siti" rahbariyati uni qo'yib yubormaydi? Buning jiddiy sababi bor.
Premer-liga klublarga 25 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazish imkoniyatini beradi, ammo ulardan 8 nafari Angliya klublarining yoshlar jamoasida kamida 3 yil o'ynagan bo'lishi shart. Ushbu qoidaga mos tushishi uchun "Siti" 15 yil davomida "Lids Yunayted"da mashg'ulot o'tkazgan Karsonni o'z tarkibida olib qolmoqda...
2022 yilda ECHL doirasida "Sporting"ga qarshi bahsda tajribali posbon zaxiradan maydonga tushgan va muxlislar tomonidan qarsaklar bilan kutib olingandi. Bu uning "Siti" safidagi ikkinchi o'yini edi. Karson "Siti" safida ko'plab sovrinlar qo'lga kiritganini juda yaxshi bilasiz.
U haftasiga 30 000 funt maosh oladi, bu Karson yiliga 1,4 million funt ishlab topadi deganidir! Besh yilda ikkita o'yinda maydonga tushgan va shuncha pul ishlab topgan.
Dunyodagi eng yaxshi ish!
Fikrlar