13 apr 17:02
Yangiliklar
"Bu yagona imkon edi". Sobiq chempion Ulbergning g'alabasi haqida gapirdi
Ushbu to'qnashuv UFC 327 doirasida Mayamida bo'lib o'tgan.
"Mening tahlilimni yana ko'rishingiz mumkin: Ulberg avval korpusga jeb uradi, so'ng chap xuk tashlaydi… Biz bu chap xuk qanchalik xavfli ekanini aytgandik. Nokautdan oldin Din Tomas Karlos chap chek-xuk bilan nishonga olishga harakat qilayotganini takidlagandi. Oqibatda u aynan shu zarba bilan aniq urib, Irji Proxazkani nokaut qildi.
Muhokamalar markazida — Irji Proxazkaning Karlos Ulbergga nisbatan rahmdillik ko'rsatgani haqidagi fikrlar. Karlos tik tura olmagan paytda, Irji uning qarshisida turib, deyarli jangni davom ettirishga chaqirdi. Jangdan keyin Irji Ulbergning jarohati tufayli unga achinganini aytdi. Hech kim titul uchun jang bunday yakunlanishini istamaydi, lekin Ulberg uchun bu yagona imkoniyat edi. Uning bir oyoqda turib ham vazifasini bajara olgani — haqiqiy jasorat belgisi", — dedi Korme.
Fikrlar