30 mar 14:53
Yangiliklar

Bugun 19 yoshli bokschimiz Moskvada ringga chiqadi, uning raqibi o'zgargan
Yurtimizning eng yosh prof bokschisi hozirda tajribali murabbiy Zufar Sulaymonov qo'l ostida o'z janglarini o'tkazib kelmoqda. Bugungi Mahammadjonov olti raundga mo'ljallangan jangda ringga ko'tariladi.
Etiborga molik jihati shundaaki, charm qo'lqop ustamizning raqibi so'nggi pallada o'zgargan. Ravshan avvaldan rejalashtirilganidek, rossiyalik Dmitriy Antipovga emas, boshqa bir mezbon bokschi Alisher Ashurovga qarshi jang o'tkazadi.
Kecha bokschilar muvaffaqiyatli tarzda tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Ikkala bokschi ham belgilangan vazn (72 kg) meyorini bajarishdi. Ravshan 71,4 kg tosh bosgan. Hamyurtimiz shu kungacha 5ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Uning raqibi esa 26ta jangning 23tasida mag'lubiyatga uchragan.
Fikrlar