09 mar 08:46
Yangiliklar

Bugun 5 nafar bokschimiz Olimpiada licenziyasi uchun ringga ko'tariladi
Bugun bir nechta vazn toifalarida chorak final janglari o'tkaziladi. Bokschilar bugungi janglarda yarim final yo'llanmasi hamda Tokio-2020 Olimpiadasi chiptasi uchun ringga ko'tarilishadi.
Hamyurtlarimizdan 5 nafari - Tursunoy Rahimova, Rayhona Qodirova, SHahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov va Elnur Abduraimova ham Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritish uchun o'z janglarini o'tkazishadi. Kecha chorak finalda imkoniyatni boy bergan Fanat Qahramonov esa o'tish jangida ishtirok etadi. U Tokio licenziyasini qo'lga kiritish uchun ikkita jangda g'olib bo'lishi kerak.
Bugun ringga ko'tariladigan bokschilarimiz:
-52 kg: SHahobiddin Zoirov - Omid Ahmadisafa (Eron) (15:40 dan so'ng)
-63 kg: Elnur Abduraimov - Xarrison Garseyd (16:40 dan so'ng)
-51 kg: Tursunoy Rahimova - Siao-Ven Xuang (Xitoy Taypeyi) (20:00)
-60 kg: Rayhona Qodirova - Sudaporn Sisondi (Tailand) (21:10 dan so'ng)
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Sing YU Co (Gonkong) (22:00 dan so'ng)
-75 kg: Fanat Qahramonov - Seyedshahin Musavi (Eron) (23:00 dan so'ng) (o'tish jangi)
Fikrlar