08 iyu 09:05
Yangiliklar

Bugun 8 nafar kurashchimiz Osiyo chempionati medallari uchun kurashadi
Ushbu qita birinchiligida O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkib bilan ishtirok etyapti. Qitaning 30ga yaqin davlatidan kelgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha sportchilar Osiyo chempionatining medallari uchun bahslarga kirishishgan.
Bugun
musobaqaning ikkinchi kuni uchchala yo'nalishda ham bahslar tashkil etiladi. Yunon-rum
kurash vakillari 54, 58, 63 kg
vazn toifasida, ayollar kurashida 43, 46, 49 kg vaznda, erkin kurashchilar esa 69 va 76 kg vaznda gilamga
chiqishadi.
Bugun yunon-rum kurashchilarimizdan Samadbek O'rolov, Muhammadqodir Yusupov va Alijon Xuseynovlar o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi. Erkin kurash bahslarida esa SHahzod Yo'ldoshev va Ramazon Kalichxonovga muxlislik qilamiz.
Ayollar
kurashida Go'zal Islomova, SHohida Ahmedova va Aktenge Keunimjaeva Osiyo chempionati
medallari uchun bahslarga kirishadi. Qita chempionatining barcha g'olib va
sovrindorlari 10 iyul kuni malum bo'ladi.
Fikrlar