03 may 23:48
Yangiliklar

Bugun 9 nafar bokschimiz JCHga yo'llanmani qo'lga kiritdi
Kun davomida 10 nafar sportchimiz ringga chiqdi. Ulardan 1 nafari - Sanjar Tursunov Olimpiada sovrindori Vasiliy Levitga imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHunday bo'lsada, Sanjarda Germaniyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati bor.
Demak, bugun g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasini naqd qilgan bokschilarimiz ro'yxati bilan tanishing:
-56 kg: Murodjon Ahmadaliev
-49 kg: Hasanboy Do'smatov
-60 kg: Elnur Abduraimov
-64 kg: Iqboljon Xoldorov
-75 kg: Isroil Madrimov
-52 kg: Jasurbek Latipov
-69 kg: SHahram G'iyosov
-81 kg: Bektemir Meliqo'ziev
+91 kg: Bahodir Jalolov
Eslatib o'tamiz, ertaga 4 aprel kuni Osiyo chempionatida dam olish kuni hisoblanadi. Yarim finallar 5 may kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar