25 mar 09:40
Yangiliklar

Bugun Abduqahhorov Singapurda chempionlik kamari uchun jang qiladi
Faoliyatini 2015 yilda boshlagan 23 yoshli hamyurtimizning raqibi zimbabvelik bokschi bo'ladi. Abduqahhorov 12 raunddan iborat jangda CHarlez Manyuichiga qarshi ringga chiqadi.
Mazkur chempionlik jangi Singapurda bo'lib o'tadi. Bokschilar WBC Silver chempionlik kamari uchun jang o'tkazishadi. Ananaga ko'ra kecha bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Ularning har ikkisi belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
Malumot uchun, Qudratillo faoliyati davomida 10 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alabaga erishgan. Ettita jangini nokaut bilan yakunlangan. Manyuichi esa 23 ta jang o'tkazib, ulardan 20 tasida zafar quchgan. Hisobida 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor.
Fikrlar