04 apr 14:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Anapadagi musobaqada 6 nafar bokschimiz yarim final yo'llanmasi uchun ringga chiqadi
Xabar berib o'tganimizdek, yosh bokschilarimiz Anapa shahrida Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag'ishlangan turnirda ishtirok etishmoqda.
Avvalroq, bokschilarimiz musobaqada o'z ishtiroklarini davom ettirayotganliklari haqida xabar qilgandik.
2001-2002 yilda tavallud topgan bokschilar o'rtasidagi turnirning chorak finali doirasida 6 nafar hamyurtimiz ringga ko'tariladi:
-49 kg: SHahzod Muzaffarov - Muxammed Vakxaev (Rossiya)
-56 kg: Xurshidbek Rasuljonov - Baybaris Jeysenov (Qozog'iston)
-64 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Akshay Kumar (Hindiston)
-69 kg: Nurislom Ismoilov - Margulan Aydar uli (Qozog'iston)
-75 kg: Suhrobjon Kayimov - Soslan Keleksaev (Gruziya)
-81 kg: SHohjahon Abdullaev - Ilya Bogatiryov (Rossiya)
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar