So’nggi yangiliklar

01:29"Ролан Гаррос-2026". Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0

22 jan 14:45
Yangiliklar

Futbol

Bugun “Arsenal” - MYU. "Kanonirlar" mavsumdagi yagona mag'lubiyatni “qizil iblislar”dan qabul qilishgan

Teglar :  ArsenalMYUAPL
Bugun, 22 yanvar kuni Angliya chempionatida 21-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Turning eng markaziy uchrashuvi Londonda “Arsenal” hamda “Manchester Yunayted” o'rtasida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi. Uni Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. 

“To'pchilar” APL joriy mavsumidagi yagona mag'lubiyatini (1:3) ilk davrada “Old Trafford”da aynan “qizil iblislar”dan qabul qilib olgandi. O'sha uchrashuvda Antoni hisobni ochgan, Markus Reshford dublga erishgandi. Londonliklar safida esa Bukayo Saka yagona aniq zarba muallifiga aylangan.

Jarohat tufayli o'yinni o'tkazib yuboradiganlar:

“Arsenal”: Gabriel Jezus, Rayss Nelson;

So'roq ostida: Muhammad El Nenni.

MYU: Donni Van de Bek, Meyson Grinvud, Diogu Dalot, Kazemiro, Jeydon Sancho, Aksel Tuanzebe;

So'roq ostida: Antoni Marsyal.

Mikel Arteta shogirdlari chempionatda 12 o'yindan beri yutqazmayapti. Erik ten Xag boshqaruvidagi jamoa esa APLdagi oxirgi mag'lubiyatini 6 noyabr kuni safarda “Aston Villa”dan (1:3) qabul qilib olgan. SHundan beri manchesterliklar ligadagi 6 uchrashuvda yutqazmadi.

“Arsenal” va “Manchester Yunayted” shu vaqtgacha o'zaro barcha musobaqalarda o'zaro 238 marta to'qnash kelgan. 86 g'alaba “to'pchilar”da, 99 tasi esa “qizil iblislar” tomonida bo'lsa, qolgan 53 uchrashuvda murosa yo'li tanlangan. To'plar farqidagi ustunlik ham MYU tomonida: 361 ga 337.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing