So’nggi yangiliklar

19:05ИНТЕРВЬЮ. Футбол ўйнаганим учун дадам уришмасин деб, боксга борганман — Шаҳобиддин Эгамов 0 19:04ITF М15. Шин Анталиядаги юришини нимчорак финалда тўхтатди 0 18:43Жон Жонс Том Аспиналл ва Ган ўртасидаги жанг ҳақида гапирди 0 18:22Мераб Двалишвили: "Яннинг энг катта хатоси – у мени ҳурмат қилмагани" 0 18:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон 0 17:39Тожикистон ва КХДР Asian Boxing сафига ўтди 0 17:17UFC жангчиси шу йилнинг ўзида олтинчи марта ҳибсга олинди 0 16:54Асадбек Саидов Octagon 80 турниридаги иштироки орқали бонусга лойиқ кўрилди 0 16:29Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди 0 16:08Доғистонда Ислам Махачев номли кўча пайдо бўлди 0 15:47Достон Бозоров визани қўлга киритди (ФОТО) 0 15:26"Ҳумо" қайтяпти: жамоа Ўзбекистон очиқ чемпионатида иштирок этишини тасдиқлади. Бугун илк ўйин! 0 15:05Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди + ФОТО 0 14:44PFL Лигаси Гран-При форматини бекор қилди 0 14:23Шаббона Абдувалиева "Катта Дубулға" турнирига йўлланма қўлга киритди 0

19 noy 17:16
Yangiliklar

Tennis

Bugun ATP Yakuniy turnirida 1/2 finallar o'tkaziladi

Italiyaning Turin shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP Yakuniy turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Musobaqada guruh bosqichi yakunlanib, yarim finalga yo'l olgan tennischilar nomi malum bo'ldi. "Qizil" guruhda Novak Jokovich yuz foizlik natija bilan kvartet g'olibi sifatida yarim finalga yo'l oldi. Serbiyalik yulduz uchinchi tur uchrashuvida rossiyalik Daniil Medvedevni 6/3, 6/7(5), 7/6(2) hisobida taslim etdi. Medvedev 3 ta mag'lubiyat bilan autsayder sifatida guruhda qolib ketdi. 

Guruhning uchinchi tur ikkinchi uchrashuvida dunyoning ettinchi raketkasi bo'lib turgan rossiyalik Andrey Rublyov asosiy raqibi, ATP reytingida uchinchi o'rinda borayotgan greciyalik Stefanos Cicipasdan 3/6, 6/3, 6/2 hisobida ustun keldi. 105 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham bir xil 10 tadan eys zarbasini amalga oshirib, 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Andrey o'zaro uchrashuvlarda hisobni minimal darajaga qisqartirdi - 5:6.

Bugun ATP Yakuniy turnirida 1/2 final uchrashuvlari o'tkaziladi. Bizning vaqt bilan soat 18:00da dastlabki yarim final juftligida dunyoning sakkizinchi raketkasi bo'lib turgan Novak Jokovich to'qqizinchi raketka, AQSH vakili Teylor Fricga qarshi kortga chiqadi. Andrey Rublyov va Kasper Ruud o'rtasidagi ikkinchi yarim final uchrashuvi tungi 01:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing