06 mar 13:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun bokschilarimiz Belarusdagi musobaqada o'z ishtiroklarini boshlaydilar
Bugun Belarusning Gomel shahrida boks bo'yicha 2001-2002 yillarda tug'ilgan bokschilar o'rtasida musobaqa start oladi.
Sobiq ittifoq chempioni Aleksey Yukov sovrini uchun o'tkaziladigan bahslarda o'zbekistonlik yosh charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishadi.
9 martga qadar davom etadigan bahslarda yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladilar:
-60 kg: Husanjon Karimov
-60 kg: Ruslan Abdullaev
-64 kg: Javlonbek Yo'ldoshev
-69 kg: Hayotbek Baxtiyorov
-75 kg: Komiljon Yusupov
-75 kg: Rustambek Nasriddinov
-81 kg: Zafarbek Bozorov
+91 kg: Samandar Japarov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar