18 fev 10:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun bokschimiz CHelyabinskda chempionlik jangida ringga chiqadi
Bugun Rossiyaning CHelyabinsk shahridagi Traktor Sport Palace arenasida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Ushbu boks oqshomi doirasida o'zbekistonlik ikki bokschi ham o'z janglarini o'tkazadi. Ulardan biri Feruzbek Yo'ldoshev WBC Asian Boxing Council Silver chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi.
SHahrisabzlik 22 yashar Feruzbekning raqibi rossiyalik tajribali bokschi Rustam Nugaev bo'ladi. Bugungi bahs Yo'ldoshev uchun faoliyatidagi o'ninchi jang bo'ladi. Uning hisobida 8ta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar