12 avg 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Bugun bokschimiz Yodgoroy Mirzaeva Olimpiadada debyut qiladi
Bugungi Olimpiada o'yinlari dasturidan boks bahslari ham o'rin olgan bo'lib, unda yagona vakilamiz Yodgoroy Mirzaeva ham ringga ko'tariladi.
O'zbek boksi tarixida ilk marotaba ayol bokschimiz to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etadi. Samarqand boks maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Yodgoroy o'zi uchun tarixiy Olimpiadada medal olishni maqsad qilgan.
Mirzaevaning ilk bosqichdagi raqibasi kanadali Buyold Mendi bo'ladi. 29 yoshli bu bokschi ikki karra Pan Amerika o'yinlari g'olibasi hisoblanadi. Agar hamyurtimiz raqibasini mag'lub etsa, ikkinchi davrada xitoylik Kankan Renga qarshi ringga chiqadi. Yodgoroyga bugungi masuliyatli jangda zafar yor bo'lishini tilaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar