03 dek 08:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun chempionlik jangi, Lebedev va Gasiev taroziga chiqishdi
Bugun Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangi birinchi og'ir vazn toifasida IBF va WBA chempionlik kamarlari uchun bo'lib o'tadi. Unda ushbu chempionlik titullari sohibi bo'lib turgan rossiyalik Denis Lebedev hamyurti Murat Gassievga qarshi ringga ko'tariladi.
Ananaga ko'ra, jang oldidan bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Unda Lebedev (29-2-0, 22 KO) 90,6 kg, Gassiev (23-0-0, 17 KO) esa 90,0 kg tosh bosdi. Yani chempion davogardan 600 grammga og'irroq chiqdi.
Malumot uchun, agar bugungi jangda Gassiev g'alaba qozonsa, u holda faqat IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritadi. Boisi, Murat faqat ushbu yo'nalishda majburiy davogar hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar