04 fev 14:20
Yangiliklar

Bugun China Dragons - Uzbek Tigers to'qnashuvi, juftliklar malum
“O'zbek yo'lbarslari” jamoasi Sanya shahrida “China Dragons” bokschilari mehmoni bo'lishadi. Aynan mana bugungi uchrashuv bilan “O'zbek yo'lbarslari” jamoasi The World Series Boxing (WSB) musobaqasining hisob bo'yicha ettinchi mavsumidagi ishtirokini boshlaydi.
“Uzbek Tigers” jamoasi o'tgan yili ushbu musobaqada debyut qilgan va yarim finalga qadar etib borgandi. Bokschilarimiz final ostonasida bo'lajak chempionlar - kubalik bokschilarga imkoniyatni boy berishgan edi.
Terma jamoamizning murabbiylar shtabidan To'lqin Qilichev va Rahmatjon Ro'zioxunov joy olishdi.
BUGUNGI JANGLAR:
49 kg: Xin Xuyang - Mironshoh Ibragimov
56 kg: Long Yang - Abdulhay SHorahmatov
64 kg: Kianxun Xu - Elnur Abduraimov
75 kg: Mingang CHao - Ulug'bek Haqberdiev
91 kg: Jing Guo - Boburbek Yo'ldoshev
Fikrlar